"Navoiy" tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir. Roman voqeasi 18 yoshli yigit — Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Asar voqeasi Navoiyning o‘limini aks ettirish bilan tugaydi. Demak, asarda Navoiy tarjimai holining asosiy bosqichlari hayot haqiqatiga mos holda yorqin tasvirlangan. Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan, xalq va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila boradi.
«Kuchsizlar kuchi» asari sobiq SSSR kommunistik tuzumining mohiyatini, rejim hayoti va uning mafkuraviy maqsadlarini ochib beradi. Asarda g‘ayriinsoniy tuzumlarda o‘zlikni saqlab qolish, sof hayotiy qadriyatlar asosida yashash shartlari, shuningdek, posttotalitar tuzumlarda o‘zlikni asrash ko‘nikmalari ta’sirli misollar bilan yoritiladi.
Chex yozuvchisi Karel Chapek o‘zining «Salamandralar bilan jang» romanida 1930-yillardagi xalqaro siyosatni, shu jumladan, Germaniyada bosh ko‘targan fashizmni qattiq hajv qilgan. Romanga go‘yo Indoneziya orollaridan birida uchragan aqlli maxluq salamandralarni “odamiylashtirish” haqidagi fantastik uydirmani asos qilib olingan.
Insoniyat asrlar davomida bosh qotirgan ulkan va sirli jumboq kalitini tanho u topishi mumkin
Unda yovuzlik va ezgulik kurashi kabi abadiy mavzu boshqacha rakursda, boshqa kompozitsiyada yoritilgan.